Harbiy xizmatga qabul qilish tartibi o‘zgaradi
Jamiyat
−
12 yanvar 2022
79691O‘zbekistonda harbiy xizmatga nomzodlarni saralash tartibi o‘zgarishi mumkin. Bu haqda Mudofaa vazirligining “O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi qo‘shinlariga kontrakt bo‘yicha harbiy xizmatga nomzodlarni saralash tartibi to‘g‘risidagi nizomga o‘zgartirishlar kiritish haqida”gi idoralararo qaror loyihasida so‘z boradi. Qaror loyihasi Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portaliga joylashtirilgan.
Unga ko‘ra, nomzod Saralash komissiyasi kotibiga quyidagi hujjatlarni taqdim etishi lozim:
• biometrik pasport yoki identifikatsiya ID-kartasi (nusxasi olinib, asli qaytariladi);
• harbiy guvohnoma (nusxasi olinib, asli qaytariladi);
• tug‘ilganlik haqida guvohnoma (nusxasi olinib, asli qaytariladi);
• nomzod tomonidan qo‘lda yoki kompyuterda yozilgan tarjimai hol;
• anketa-ma’lumotnoma.
Shuningdek, Saralash komissiyasi qo‘shimcha ravishda zarur hujjatlar va ma’lumotlarni tegishli davlat organlari va tashkilotlardan mustaqil ravishda, shu jumladan, “Elektron hukumat” tizimi idoralararo integratsiyalashuv platformasi orqali so‘rab oladi.
Saralash komissiyasi bayonnomasidan ko‘chirma, shaxsni tasdiqlovchi hujjat (pasport, harbiy guvohnoma) nusxasi, narkologik, sil kasaliga qarshi kurash, teri-tanosil, psixonevrologik dispanserlar va OITSga qarshi kurash markazidan olingan ma’lumotnoma, so‘nggi besh yil ichidagi ambulator bemorning tibbiy kartasidan ko‘chirma, majburiy diagnostika tadqiqotlarining natijalari bilan birga, degan so‘zlar chiqarib tashlanadi.
LiveBarchasi