Harbiy ayollar uchun “To‘maris” ko‘krak nishoni ta’sis etildi

Jamiyat

image

O‘zbekistonda harbiy ayollarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida “To‘maris” ko‘krak nishonini ta’sis etildi. Bu bo‘yicha Prezidentning qarori qabul qilindi.

Qayd etilishicha, O‘zbekiston mudofaa qudratini yuksaltirish, jamiyatda hukm surayotgan millatlararo totuvlikni, tinchlik va barqarorlikni asrash, munosib hissa qo‘shayotgan ayol harbiy xizmatchilarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida “To‘maris” ko‘krak nishoni ta’sis etilgan.

Hujjatga ko‘ra, Markaziy bankning “Davlat belgisi” davlat unitar korxonasi tegishli vazirlik va idoralarning buyurtmalariga asosan “To‘maris” ko‘krak nishoni va uning guvohnomasini belgilangan tartibda tayyorlaydi.

Shuningdek, “To‘maris” ko‘krak nishoni va guvohnomasini tayyorlash hamda mukofotlanganlarni taqdirlash bilan bog‘liq xarajatlar byudjet mablag‘lari, byudjetdan tashqari mablag‘lar va qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan amalga oshiriladi.

Mazkur ko‘krak nishoni vazirlik va idoralar rahbarlari (yoki ularning topshirig‘iga muvofiq, boshqa mas’ul shaxslar) tomonidan 14 yanvar – Vatan himoyachilari kuni bayrami arafasida topshiriladi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

36

Reyting

3.3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing