Har oiladan bir kishi paxta teradi

Olam

image

Turkmaniston Qishloq va atrof-muhitni muhofaza qilish vaziri Maqtamg‘uli Bayramdurdiyev bu yil barcha kuchlarni sarflash va paxta terish rejasini amalga oshirish kerakligi, keyin esa bug‘doy ekishga tayyorgarlik ko‘rish kerakligi to‘g‘risida bayonot berdi. Bu haqda “Xronika Turkmenistana” xabar bermoqda. 

Vazirlikning 15 avgustidagi yig‘ilishida Prezidentning o‘g‘li Serdar Berdimuhamedov boshchiligidagi Axal viloyati ushbu rejani birinchi bo‘lib bajarishi kerakligi ma’lum qilingan. Qolgan mintaqalar bu masalada kadrlar bilan yordam berishga majburligi aytilgan.

Mamlakatning boshqa mintaqalaridagi har bir qishloq oilasi o‘z hisobidan bitta yoshi katta a’zoni Axal viloyatida paxta terimiga bir oyga yuboradi. Agar kerak bo‘lsa, qo‘shimcha ishchi kuchi jalb qilinadi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

402

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing