Har qanday yoshda energiyani saqlashga “mas’ul” mahsulot aytildi
Salomatlik
−
27 yanvar 2022
14336Ismaloq yurak-qon tomir tizimi bilan bog‘liq muammolarga duchor bo‘lgan odamlar uchun foydali. Bu haqda diyetolog Lera Lavskiy ma’lum qildi.
“Ismaloq — ozuqa moddalari ombori. U, ayniqsa, yurak-qon tomir tizimi bilan bog‘liq muammolarga duchor bo‘lgan odamlar uchun foydali bo‘ladi, chunki uning tarkibida kaliy va magniy mavjud. Bu minerallar qon bosimini me’yorda ushlab turish va yurak mushaklarini bo‘shashtirishga yordam beradi”, deydi Lavskiy.
Mutaxassisga ko‘ra, ismaloq tarkibida kletchatka ko‘p, shuning uchun u ichak motorikasiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi va ich qotishining oldini oluvchi mahsulotdir.
“Ismaloqni iste’mol qilish butun oshqozon-ichak trakti salomatligiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. Ismaloq tarkibidagi karotinoidlar kuchli antioksidantdir. Har qanday yoshda yoshlik va yetarli energiya darajasini saqlab qolish haqida qayg‘uradigan har bir kishi uchun ismaloq muntazam iste’mol qilinadigan mahsulot bo‘lishi kerak. Ismaloq C vitamini manbai sifatida tez-tez kasal bo‘ladigan odamlar uchun mos keladi, u kasallik davrida immunitetni saqlashga yordam beradi”, degan u.
Lavskiyga ko‘ra, ismaloq juda ko‘p oksalatlarga ega va buyraklar bilan bog‘liq muammolarga duch kelganlar uchun undan foydalanish cheklangan bo‘lishi kerak.
LiveBarchasi