Har bir tumanda fizikaga ixtisoslashgan maktab tashkil etiladi
Jamiyat
−
11 fevral 2021
2359O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida kecha, 10 fevral kuni “Yoshlarni qo‘llab-quvvatlash va aholi salomatligini mustahkamlash yili” Davlat dasturi ijrosini samarali tashkil etish masalalari yuzasidan videoselektor yig‘ilishi o‘tkazildi. Unda davlat rahbari mas’ullarga bir qator topshiriqlar bergan.
Ma’lum qilinishicha, joriy yilda byudjet hisobidan 22 ta bolalar bog‘chasi va 31 ta yangi maktab qurish, har bir tumanda fizika faniga ixtisoslashgan bittadan maktab tashkil etish bo‘yicha topshiriqlar berilgan.
Shuningdek, Bolalarni qo‘llab-quvvatlash fondini tashkil etib, unga byudjetdan 100 milliard so‘m ajratish, shuningdek, xalqaro moliya tashkilotlari grantlarini jalb qilish bo‘yicha ko‘rsatma berilgan. Joriy yil 1 sentyabrga qadar mehribonlik uylarining muhtoj bitiruvchilarini uy-joy bilan ta’minlash zarurligi ta’kidlangan.
LiveBarchasi