Hantavirus sabab Xitoyda bir kishi vafot etdi. U qanday kasallik?
Salomatlik
−
25 mart 2020
28150Xitoyda koronavirus pandemiyasi deyarli to‘xtatilgan bir paytda boshqa bir yuqumli kasallik bo‘lgan hantavirus sabab bir kishi vafot etdi. Bu haqda “Global Times” nashri xabar berdi.
“Yunnan provinsiyasidan Tian ismli kishi avtobusda Shandong provinsiyasiga qaytayotganida o‘zini yomon his qilgan. U zudlik bilan shifoxonaga olib borilgan va o‘sha yerda vafot etgan. Tianning o‘limiga hantavirus sabab ekanligi ma’lum qilindi", deyiladi xabarda.
Shuningdek, avtobusdagi 29 nafar yo‘lovchilar hantavirus tekshiruvi sinovidan o‘tgan. Ularning test natijalari to‘g‘risida ma’lumot berilmagan.
Hantavirus kasalligi haqida birinchi marta 1993 yilda AQSHda xabar berilgan. Ushbu virus odamlarga sichqon va kalamush kabi kemiruvchilar orqali yuqishi aniqlangan.
“Hantavirus haqida tashvishlanishning hojati yo‘q. Hantavirus kasalligini oldini olish va nazorat qilish mumkin. Uni oldini olish uchun vaksina mavjud. Shaharlarda uning tarqalishi juda past sur’atda kechadi”, deydi Yang ismli shifokor.
LiveBarchasi