Hanifa So‘ylu – nemis siyosatiga kirib kelayotgan o‘zbek
Intervyu
−
12:55
2325Bugun G‘arb davlatlariga kim zo‘rroq ekanini isbotlashga urinayotgan Eronni forslar emas, asli ozarbayjon turki bo‘lgan Prezident Mas’ud Pezeshkiyon va Oliy diniy rahbari Oyatulloh Xomanaiy boshqarishini, Britaniyani 2022 yildan 2024 yilgacha etnik hind Rishi Sunak, AQSHni esa 2009 yildan 2017 yilgacha afro-amerikan bo‘lgan Barak Husayn Obama idora etganini bilsangiz kerak.
Ko‘rinib turganidek, bugun boshqa millatga mansub bo‘lgan lider kelib o‘zga davlatda rahbarlik qilish va uni rivojlantirish imkoniyatiga ega. Xo‘sh o‘zbeklar-chi?
O‘zbeklar dunyo siyosatiga ham bevosita daxl qilishga intilmoqda desam ishonasizmi? Dunyoning qaysidir mamlakatiga borib, yuqori davlat organlarida faoliyat olib borayotgan o‘zbeklar haqida bilasizmi? Bunday misol mana bizda bor.
Bugun ana shunday qahramonlarimizdan biri, joriy yilning mart oyida Germaniyada Hamburg shahri uchun bo‘lib o‘tadigan parlament saylovlarida o‘z nomzodini qo‘ygan o‘zbek ayoli Hanifa So‘yluning bugungacha bo‘lgan hayot yo‘li va qismati haqida gaplashamiz.
Hanifa xonimning ota-bobolari asr boshlarida ruslar ishg‘oli oqibatida vatanini tashlab chiqishga majbur bo‘lib, Afg‘oniston sari yo‘l oladi. Mozori Sharifda tug‘ilib o‘sgan qahramonimiz 80-yillarda oilasi bilan avval Pokiston, Turkiya, so‘ngra esa Germaniyada yashaydi. 40 yildan buyon olmon yurtida istiqomat qilayotgan So‘ylu oliy ta’limni tamomlab, huquqshunoslik bo‘yicha faoliyat olib bormoqda va joriy yil 2 mart kuni Hamburgda bo‘lib o‘tadigan parlament saylovlariga mamlakatning hukmron Sotsial demokratik partiyasidan o‘z nomzodini qo‘ygan.
Qahramonimiz saylovoldi dasturida oilada zo‘ravonlik va kuch ishlatishning oldini olish, shuningdek, voyaga yetmagan qochqinlar va migrant ayollar bilan ishlash sohasidagi professional faoliyati orqali ularning hayotida yangi istiqbollarni yaratish tashabbusi bilan chiqmoqda. O‘zbekligidan doimo faxrlanib yashovchi Hanifa xonim agar deputatlikka saylansa, O‘zbekiston bilan ham aloqalarni rivojlantirishni ham o‘z rejalari qatoriga qo‘shgan.
Intervyuning to‘liq shaklini QALAMPIR.UZ’ning YouTube kanalida tomosha qiling.
LiveBarchasi
O‘zbekiston sun’iy yo‘ldosh yasayapti.
17 yanvar