Hammasi Putinning ishi – Bayden
Olam
−
27 yanvar 2022
18042Tobora taranglashib borayotgan Rossiya-Ukraina chegarasidagi vaziyat ortidan AQSH Prezidenti Jozef Bayden o‘z fikrlarini bildirdi. U hozir holat mutlaqo noaniqligini tan olib Rossiya Ukarinaga hujumni boshlaydigan bo‘lsa AQSH va G‘arb barcha zaruruiy choralarni ko‘rib qo‘ygani haqida ma’lum qilgan.
AQSH Prezidenti Baydenga ko‘ra, Rossiya-Ukraina borasidagi vaziyat faqat bir shaxs, Valadimir Putinning siyosiy irodasiga bog‘liq tarzda jiddiylashib bormoqda. U Rossiya rahbariga qarshi jiddiy sanksiyalar qo‘llashni taklif qilgan.
Bayden Putinning noaniq harakatlari AQSH va boshqa G‘arb rahbarlarini chalkashtirib yuborgan jumboq bo‘lib qolayotganini aytgan.
“Bu hammasi Putinning ishi. Menimcha uning odamlari ham u nima qilayotagni haqida bilmay turibdi”, degan Oq uy rahbari.
AQSH Prezidenti NATOga yordam sifatida yaqinda Qo‘shma Shtatlar harbiylari Yevropaga yuborilishi haqida ham to‘xtalgan.
“Men yaqin kunlarda maxsus harbiy kuchlarni yuborish haqida e’lon qilaman. Ularning yetib borishi biroz vaqt olgani bois hozir yuborish to‘g‘ri qaror bo‘ladi”, deya qo‘shimcha qilgan Bayden.
Prezident Baydenga ko‘ra Putin Ukrainaga hujum qilishga tayyorlanmoqda.
“Uning Belarus hududidagi Ukraina bilan chegaradosh nuqtalarda harbiy aslaha va askarlar to‘playotgani nimanidur reja qilayotanidan darak beradi. O‘zining jamoasi va hamma aytayotagan narsa aniq sodir bo‘ladi, bu bizga uning tarixdagi hartakatlaridan ham ma’lum”, degan AQSH rahbari.
AQSH harbiy yordam sifatida Ukrainaga 300 ta Jevelin tankki qarshi o‘t ochar texnikalari va 79 tonna harbiy qurol-yaroqlarni yetkazib bergan.
Bundan biroz avval, Oq uy Rossiyaning hujumi aniq ekanligini ma’lum qilib, AQSH va NATO harbiylarni yuqori darajadagi shaylikda ushlab turganini bildirgandi.
Bundan tashqari, Yevropa, hususan, Britaniya Bosh vaziri Boris Jonson Kremlga qarshi Yevroittifoq yangi sanksiyalar paketini tayyorlab qo‘ygani haqida ham xabar bergan edi.
Eslatib o‘tamiz, bundan oldin Biden Putinga “tushida ham ko‘rmagan” sanksiyalarni va’da qilgan edi.
Vashingtonning tahdidlariga javoban Kreml Matbuot kotibi Dmirtiy Peskov AQSHni siyosiy jihatdan buzg‘unchi fikr tarqatish va u joriy qilmoqchi bo‘lgan sanksiyalarni ma’nosiz deya atagan.
Behruz Saidov
LiveBarchasi