Hammasi “barsa” foydasiga ishlamoqda. Salah “Barselona”ga qarshi bahsni o‘tkazib yuboradi

Sport

image

“Liverpul” forvardi Muhammad Salah YeCHL yarim final javob o‘yini doirasida “Barselona”ga qarshi bahsda jamoasiga yordam bera olmaydi.

Ma’lumot uchun, futbolchi APL 37-turi doirasida “Nyukasl”ga qarshi uchrashuv (3:2)da jarohat olgan edi. Bellashuvning 68-daqiqasida misrlik “hakkalar” darvozaboni Martin Dubravka bilan to‘qnashib ketdi va boshiga zarba qabul qilib oldi va maydonni zambilda tark etdi.

Oldinroq, mersisaydliklar bosh murabbiyi Yurgen Klopp Salahning ahvoli borasida ijobiy natijaga umid qilayotganini aytib o‘tgan edi. Futbolchi bugun to‘liq tibbiy ko‘rikdan o‘tadi.

“Liverpul” birinchi uchrashuvda “Barselona”ga 0:3 hisobida imkoniyatni boy berib qo‘ygandi. Javob bahsi esa seshanba oqshomida “Enfild”da bo‘lib o‘tadi.


Maqola muallifi

Teglar

Liverpul' Muhammad Salah

Baholaganlar

35

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing