“Hammani oyoqqa turgizishing kerak”. Prezident Vafoyevga e’tiroz bildirdi

Jamiyat

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning hafta davomidagi faoliyati aks etgan “Maxsus rakurs” ko‘rsatuvining navbatdagi soni taqdim etildi. Unda Prezident yirik investitsion loyihalar bilan tanishayotgan vaqtda Investitsiya va tashqi savdo vaziri o‘rinbosari Shuhrat Vafoyevga e’tiroz bildirdi.

25 yanvar kuni dastlab, Shavkat Mirziyoyevga oqartirilgan tunika ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish rejasi haqida ma’lumot berilgan. Loyiha qiymati – 280 million yevro. Taqdimot jarayonida Prezident Shuhrat Vafoyevni to‘xtatib, loyihaning amalga oshirilish muddatiga e’tiroz bildirdi va uni tezlashtirish bo‘yicha topshiriq berdi. 

“Boshlash loyihang noto‘g‘ri. Juda cho‘zib yuborgansan. Loyiha amalga oshirilishini boshlash uchun 1 iyun juda kech. O‘tirib olib, bir haftada hammani oyoqqa turgizishing kerak. Martning oxirigicha boshlanglar. Qo‘llaringda odamlaring bor. Bu – tayyor loyiha. Buni cho‘zib nima qilasan? Hech ham qiyin joyi yo‘q”, deydi Shavkat Mirziyoyev.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

724

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing