“Hamma, O‘zbekistonga, albatta, borib ko‘rishi kerak”. Qodirov Mirziyoyevga rahmat aytdi (video)

Jamiyat

image

Checheniston rahbari Ramzan Qodirov O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning olib borayotgan siyosatini yuqori baholab, minnatdorlik bildirdi. Bu haqda Qodirov o‘zining Instagram sahifasida ma’lum qilgan.

Checheniston rahbarining so‘zlariga ko‘ra, u O‘zbekistonga kelishni, Buxoro, Samarqand va Toshkent kabi shaharlarda bo‘lishni istaydi.  

“Buxoroga, albatta, borishni xohlayman. Toshkent, Samarqand, Buxoro juda go‘zal. Shunchaki go‘zallik. Bu bizning tarix”, deydi u Instagram sahifasida amalga oshirgan jonli efirda. 

Bundan tashqari, Ramzan Qodirov O‘zbekistonga oldin kirish qiyin bo‘lganini ta’kidlagan. 

“O‘zbekiston Prezidentiga amalga oshirgan ishlari uchun rahmat aytaman. Avvalari O‘zbekistonga kirib bo‘lmas edi. Hozir esa turistik hududlar ochilyapti. U yerda go‘zal joylab bor. Hamma, O‘zbekistonga albatta, borib ko‘rishi kerak”, deydi Checheniston rahbari.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

1102

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing