Hamma ishga! “Arqadag‘” Vazirlar Mahkamasi a’zolarini hasharga olib chiqdi

Olam

image
0:00
0:00
download

Turkmaniston Prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedov ko‘kalamzorlashtirish kampaniyasini boshlagan 20 mart sanasidan beri Ashxobodda har kuni shanbaliklar o‘tkazib kelinmoqda. Bu haqda “Turkmaniston xronikasi” muxbirlari xabar berdi.

Qayd etilishicha, 18 aprel kuni Prezident Turkmaniston Vazirlar Mahkamasi va Xavfsizlik Kengashi a’zolarini tozalash kuniga olib borgan.

Ma’lumot uchun, Ashxobodda shaharning 140 yilligini nishonlashga tayyorgarlik ko‘rilmoqda. Ham davlat, ham xususiy muassasalar ishchilari, shuningdek talabalar ham har kuni shanbaliklarga olib boriladi.

Xabar qilinishicha, tozalash paytida tashkilotlarning ishi to‘xtatiladi. Ish vaqtidagi barcha topshiriqlarni bajarish imkoniyati yo‘qligi sababli, ko‘pchilik ish joylari va bo‘limlarda qo‘shimcha vaqtlarda ishlashga majbur.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Turkmaniston Prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedov parlamentda qabul qilingan Turkamanistonda “Xizmat ko‘rsatgan it boquvchi” va “Xalq it boquvchisi” faxriy unvonlarini yaratish to‘g‘risidagi qonunlarni imzolagandi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

215

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing