HAMAS oktyabr oyida Isroilni nokaut qilgandi – Homanaiy

Olam

image

Eron oliy rahbari Oyatulloh Ali Homanaiy oktyabr oyida HAMAS Isroilga hujum qilganida, uni nokaut qilganini aytdi. Bu haqda u Osiyo o‘yinlari va Osiyo Paralimpiya o‘yinlarida ishtirok etgan eronlik sportchilar bilan uchrashuvda so‘z ochdi.

"Agar so‘nggi voqealar haqida gapiradigan bo‘lsak, sionistik rejim “Al-Aqso toshqini” [HAMAS operatsiyasi] paytida nokautga uchragan", degan Homanaiy

Uning qo‘shimcha qilishicha, Isroilning shifoxonalarga hujumi “musobaqada mag‘lub bo‘lgan sportchi buning uchun o‘ch olish uchun raqib jamoa muxlislariga hujum qilgani”ga o‘xshaydi.

Eslatib o‘tamiz, oldinroq Oyatulloh Ali Homanaiy Isroilning G‘azo sektorida HAMASga qarshi olib borayotgan harbiy operatsiyasi fonida Isroilga neft va oziq-ovqat eksportini to‘xtatishga chaqirgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Eron HAMAS

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing