“Ham savob, ham uyim yo‘qligi uchun..” Farg‘onalik ayol qizini sotayotganda ushlandi
3-sahifa
−
25 aprel 2023
9359Farg‘ona viloyati Uchko‘prik tumanida 8 oylik chaqalog‘ini 10 ming dollarga sotayotgan ayol qo‘lga olindi. Bu haqda Ichki ishlar vazirligi xabar berdi.
Qayd etilishicha, Uchko‘prik tumanida 22 yoshli ayol qizini 10 ming AQSH dollariga sotayotgan vaqtda ushlangan. Chaqaloq 2022 yilning avgust oyida tug‘ilgan bo‘lib, bolaning tug‘ilganlik haqidagi guvohnomasi ashyoviy dalil sifatida olib qolingan.
Ayolning so‘zlariga ko‘ra, u oilaviy sharoiti yaxshimasligi, puldan qiynalgani uchun bolasini sotgan.
“Bolaga zoriqqan bir opa bor ekan. Ham savob, ham uyim yo‘qligi uchun bolamni unga bermoqchi bo‘ldim”, deydi ayol.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 135-moddasi (odam savdosi) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
LiveBarchasi