Ham “Barselona”, ham “Liverpul” tarkibida o‘ynagan muhim besh futbolchi

Tahlil

image

Bugun muhtasham “Enfild” o‘yingohida Yevropa Chempionlar ligasining yarim final ilk javob bahsi o‘tkaziladi. 

Ayni paytga kelib, “qizillar” Chepionlar ligasi finalida “Vanda Metropolitano” stadioniga ishtirokchi sifatida borishlari uchun bugun o‘z muxlislari ko‘z o‘ngida tom ma’noda mo‘jiza yaratishlari kerak.

Xabaringiz bor, Yurgen Klopp shogirdlari o‘tgan haftada Kataloniyada 0:3 hisobida imkoniyatni boy berib qo‘yishgan edi. O‘sha gollardan birinchisini Luis Suares sobiq jamoasi darvozasiga yo‘llagan edi.

Tez orada bu yarim final o‘yinlari ham tarixga aylanadi. Shu munosabat bilan, biz sizning e’tiboringizga o‘z faoliyati davomida ikkala klubda ham to‘p surgan TOP-5 futbolchilarni eslatib o‘tmoqchimiz.

Pepe Reyna

Mashhur darvozabon Pepe Reyna 6 yoshida “Barselona” akademiyasiga qabul qilingan. 18 yoshida “ko‘k-anorranglilar” safida ilk debyutini o‘tkazgan.

Biroq, darvozabon “Barselona”ning asosiy posboniga aylana olmadi. Jamoa safida 30 ta o‘yin o‘tkazgach, Ispaniyaning boshqa bir klubi “Vilyarreal” klubi safini to‘ldirdi. Pepe aynan shu klubda mahoratli darvozabon ekanligini isbotlay olgan edi.

E’tiborlisi, “Barsa” safida o‘tkazgan qisqa faoliyati davomida Reyna o‘zining bo‘lajak jamoasi “Liverpul”ga qarshi bir marta maydonga tushgan edi. O‘sha uchrashuvda posbon o‘z darvozasidan penaltidan gol o‘tkazib yuborgan edi.

Taqdir uni 2005 yilda “Enfild” meeboniga aylantirdi. Aniqrog‘i, o‘sha paytda “qizillar” boshqaruvida bo‘lgan Rafael Benites Reynani “Liverpul”ga taklif etgan edi. Uning klubdagi 9 yillik mavsumi muvofaqqiyatli o‘tgan deyish mumkin. U 2014 yilda jamoani afsona sifatida tark etgan edi.

“Liverpul”dagi faoliyati davomida u 3 marta APLda yil darvozaboni sifatida e’tirof etilgan. 2009 yilga kelib darvozabon eng kam bahslarda 100 quruq o‘yin o‘tkazgan darvozabonga aylangan edi.

Luis Garsiya

Luis Garsiya ham “Barselona” tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. Lekin, u kataloniyaliklar safida ququr ildiz ota olmagan. U 2003/04 yilgi mavsum avvalida “Liverpul” safiga qo‘shilib, chinakamiga buyuk futbolchiga ayla olgan edi. E’tiborlisi, “Enfild”da muxlislar unga atab qo‘shiq kuylagan kam sonli futbolchilardan biri hisoblanadi.

Ispaniyalik yarim himoyachi ingliz klubi safida kam hollarda maydonga tushsada, muhim g‘alabalarning qo‘lga kiritilishida asosiy rollarni ijro etgan. Masalan, u 2004/05 yilgi mavsumda Yevropa Chempionlar ligasining bosh sovrinini qo‘lga kiritilishida muntazam asosiy tarkibda bo‘lgan.

Xaver Maskerano

Argentina terma jamoasi yarim himoyachisi Xaver Maskerano har ikkala klub tarixida muhim futbolchi sifatida tarixga kira olgan. U “Enfild”da ham “Kamp Nou”da ham maydonda turli pozitsiyalarda o‘zini yaxshi tomondan ko‘rsata olgan.

Futbolchi “Liverpul” safida Xabi Alonso bilan ajoyib tandem hosil qilgan edi. Ammo, Mersisaydda sovrinlar tanqisligi bois Maskerano 2010 yilda Gvardiola taklifiga ko‘ra, “Barselona”ga ko‘chib o‘tadi. Shundan keyin o‘zining yulduzli onlarini boshdan kechirgan.

Xaver yarim himoyachi hisoblansada, Kataloniyada Pike bilan himoya markazida ajoyib tandem bo‘la olgan. 2018 yilgacha faoliyati davomida u ikki marta YeCHL bosh sovrinini boshi o‘zra baland ko‘targan.

Luis Suares

Urugvaylik futbolchini har ikkala klub safida o‘ynagan eng yaxshi futbolchi deb atash mumkin. Shubhasiz, Luis Suares o‘zi to‘p surgan jamoalarda raqiblari himosi uchun bartaraf etib bo‘lmas muammoga aylana oladi. Shu boisdan u har ikkala jamoada ham teng muvofaqqiyat qozona olgan. Bundan tashqari “suyloq”ning “Barselona”ga sotilishi o‘sha paytda “Liverpul” tarixidagi eng daromadli rekord transferga aylangan edi.

Urugvay terma jamoasi hujumchisini “qizillar” 2011 yilda “Ayaksdan” 26,5 mln yevroga sotib olgan. 2014 yilning yozida esa, ispan grandiga 81 mln yevro evaziga o‘tgan. U “Liverpul” safida 2013/14 yilgi mavsumda APLda 31 gol kiritgan edi. Ammo, u ham mersisaydliklar bilan sovrinsiz qolib ketavergan.

“Kamp Nou”da u eng yaxshi markaziy hujumchi darajasiga chiqa oldi. Suares “Barselona” safidagi sovrinlarga to‘la 5 mavsumda 160 dan ortiq o‘yinda maydonga tushib, 130 dan ortiq gol muallifiga aylandi.

Filippe Koutino

Braziliyalik futbolchi, shubhasiz, “Liverpul” safida katta muvofaqqiyat qozona olgan. Ammo, hujumkor yarim himoyachi “Barselona”ga o‘tganiga bir yarim yil bo‘lgan bo‘lsada, hali ham jamoaga to‘la moslashib keta olmadi. Lekin, ayni damda u jamoasi uchun muhim futbolchi bo‘lib turibdi.

Koutino 2013 yilda Milanning “Inter” klubidan 8,5 mln funt evaziga “Barselona”ga o‘tgan edi. “Qizillar” safida futbolchi tez suratlarda o‘sishga erishdi. 2014/15 yilgi mavsumda klubning eng yaxshi futbolchisi deb topilgan va APLda mavsumning ramziy terma jamoasi safiga kiritilgan.

“Barselona” Filippeni 2018 yilning boshida 106 mln funt evaziga klubga taklif etgan edi. Hozirda u kataloniyaliklar tarixidagi eng qimmat narxda xarid qilingan futbolchi bo‘lib turibdi. Koutinoning “Kamp Nou”dagi o‘yinlari tanqid ostida qolib ketayotgan bo‘lsada, muhim pallalarda u ajoyib gollari evaziga muxlislari ko‘nglidan chiqib ketganicha yo‘q.


Maqola muallifi

Teglar

Barselona Liverpul'

Baholaganlar

53

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing