Hakamni “quloq”likda ayblagan Joze Mourino jazoga tortildi

Sport

image

“Roma” bosh murabbiyi Joze Mourino ikki o‘yinga diskvalifikatsiya qilindi. Bunga portugaliyalik mutaxassisning A Seriya 26-turi doirasida“bo‘rilar”ning ”Verona”ga qarshi 2-2 hisobida yakunlangan o‘yinida, bosh hakam Luka Pairettoga og‘zaki tajovuz qilgani uchun qizil kartochka olgani sabab bo‘ldi.

Portugaliyalik murabbiy Mourino “Roma”ning “Verona”ga o‘yini vaqtida uchrashuv bosh hakami Luka Pairettoni “Yuventus” tomonidan yuborilganlikda ayblagan.

“Ular sizni ataylab yuborishdi, “Yuventus” yubordi...”, degan “Roma” ustozi Pairettoga qarata.

E’tiborli jihati shundaki, A Seriyada 92 o‘yinda hakamlik qilgan va o‘tgan yilning sentyabr oyida xalqaro hakamlikka ko‘tarilgan Pairettoning “Yuventus”da sakkiz yil ishlagan akasi bor. Bu Joze deganlari bir narsani bilmasa, gapirmaydi. Mourinio gapirishidan oldin faktlarga qarab, undan keyin sog‘lom aql bilan gapirgan.

Joriy mavsumda A Seriyaga qaytgan Mourino “Roma”ni boshqarish davomida bir qancha tartib-intizom muammolariga duch kelmoqda. Joze Mourinio mavsum boshida, “Napoli”ga qarshi o‘yinda ikki marta sariq kartochka olgani uchun maydondan chetlatilgan edi.

Bundan tashqari, u mavsumga tayyorgarlik ko‘rish jarayonida “Roma” "Real Betis"ga mag‘lub bo‘lgan o‘yinda, uchrashuv boshlanmasdan oldin, maydonda hakam bilan to‘qnash kelishga uringani uchun o‘yinga start berilmasidan o‘zining “marsh”ini qabul qilib olgandi.

“Verona”ga qarshi o‘yindan keyingi taqiq tufayli, Mourino “Roma”ning “Spetsiya” va “Atalanta”ga qarshi o‘yinlarni o‘tkazib yuboradigan bo‘ldi. Shuningdek, 20 ming yevro jarima ham to‘laydigan bo‘ldi.

Ma’ruf Abdumalikov


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

22

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing