Hakamlarning xatosi sabab “Bunyodkor” g‘alabadan mahrum bo‘ldi
Sport
−
18 may 2019 6039 2 daqiqa
Kecha, 17 may kuni O‘zbekiston Superligasining 9-tur o‘yinlari davom ettirildi.
Tu r doirasidagi yagona o‘yin Toshkentda o‘tkazildi. Unda “Lokomotiv” mezbon sifatida o‘z maydonida poytaxtning boshqa bir klubi “Bunyodkor”ni qabul qildi.
Uchrashuvda asosan yosh futbolchilardan tarkib topgan “qaldirg‘ochlar” chempionlik uchun kurashayotgan “temiryo‘lchilar”ga jiddiy kurash taklif eta oldi. Hattoki ayrim vaziyatlarda Vadim Abramov shogirdlari o‘yin bo‘yicha raqibidan ustunlik ham qildi.
O‘yinning eng esda qolarli vaziyati qo‘shib berilgan daqiqalarda sodir bo‘ldi. 90+5-daqiqada Anvar G‘ofurovning jarimadan uzatgan to‘pini “Bunyodkor” futbolchilari raqib darvozasiga joylab qo‘yishgan edi. Lekin, qanot hakami ushbu vaziyatda o‘yindan tashqari vaziyatni qayd etib golni hisobga olmadi. Ammo takroriy vaziyatlar hakamlarning xatoga yo‘l qo‘yganlarini ko‘rsatib qo‘ydi.
Shunday qilib, uchrashuv hakamlarning xatosi tufayli tomonlarning nursiz durrangi bilan yakun topdi.
“Lokomotiv” – “Bunyodkor” 0:0.
Toshkent shahri, “Lokomotiv” stadioni.
Hakamlar: Ahrol Risqullayev, Rishat Nugmanov, Doniyor Saylavov, Firdavs Norsafarov.
Nazoratchi: Igor Nexochin.
Komissar: Jamshid Imomov.
“Lokomotiv”: Javohir Ilyosov, Anzur Ismoilov, Islom To‘xtaxo‘jayev, Davron Hoshimov, Oleg Zoteyev, Azizbek Haydarov (Diyor Turopov, 61), Jamshid Iskanderov (Filip Rayevats, 80), Yovan Jokich, Arslanmirat Amanov (Azizbek Amonov, 46), Sardor Mirzayev, Temurxo‘ja Abduxoliqov.
“Bunyodkor”: Abdumavlon Abdujalilov, Dilshod Ahmadaliyev, Islom Qobilov, Anvar G‘ofurov, Nurillo To‘xtasinov, Jasur Jaloliddinov (Suhrob Izzatov, 55), Xurshid G‘iyosov (Abdulla Abdullayev, 79), Ulug‘bek Abdullayev, Lutfulla To‘rayev, Sanjar Qodirqulov, Mirjahon Mirahmadov (Vladislav Nuriyev, 59).
Ogohlantirishlar: Davron Hoshimov 33, Diyor Turopov 90+1, Suhrob Izzatov 90+3.
Live
Barchasi31 dekabr 2025
Farg‘ona davlat texnika universiteti rektori Qo‘ng‘irotboy Sharipovga yangi o‘rinbosar bo‘ldi.
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
29 dekabr 2025