Hakamlarning xato qaroridan so‘ng Neymar janjal chiqardi
Sport
−
18 may 1387 1 daqiqa
Kecha, 17 may kuni Braziliya A Seriyasining 16 turidan o‘rin olgan “Santos” hamda “Koritiba” o‘rtasidagi bahsda Neymar ishtirokida shov-shuvli holat yuz berdi. Bu haqda “Talksport” nashri xabar berdi.
O‘yin davomidagi epizodlardan birida Neymar maydon tashqarisida tibbiy yordam oldi. Shu vaqtda to‘rtinchi hakam xato qaror chiqarib, futbolchini uchrashuvni davom ettira olmaydi deb hisobladi va uni almashtirilgan o‘yinchi sifatida qayd etdi. Aslida esa, murabbiylar shtabi boshqa futbolchini maydondan olishni rejalashtirgan edi.

Neymar maydonga qaytishga uringanida, almashtirish rasman tasdiqlab bo‘lingani ma’lum bo‘ldi. Hakamlar esa, qarorni bekor qila olmadi va natijada braziliyalik yulduz muddatidan avval o‘yinni tark etishga majbur bo‘ldi.
Hodisa paytida Neymar hakamlarga keskin e’tiroz bildirib, jahli chiqqan holda munosabat bildirdi. Uchrashuv esa, “Koritiba”ning 3:0 hisobidagi yirik g‘alabasi bilan yakunlandi.
Ma’lumot uchun, “Santos” jamoasi hozirda Braziliya A Seriyasida 18 ochko jamg‘argan holda 16-o‘rinni egallab turibdi.

Live
Barchasi