Hakamdan aybni qidirishni to‘xtataylik – Sardor Rashidov

Sport

image

O‘zbekiston terma jamoasining sobiq futbolchisi Sardor Rashidov Qatar-O‘zbekiston o‘yinida hakamni ayblash noto‘g‘ri deb, hisobladi. Bu haqda futbolchi QALAMPIR.UZ muxbiri bilan suhbatda aytib o‘tdi.

“O‘yindan oldin Afifni to‘xtatish uchun 50 foiz imkoniyatidan foydalansak yetadi degan edim, 10 foiz emas. Kecha murabbiylar jangi bo‘ldi va Qatar murabiyi to‘g‘ri qaror qabul qilib, o‘yinni yutib ketdi, lekin hali hech narsa yo‘qotilmadi, Shimoliy Koreyani yutsak hammasi joyida bo‘ladi”, deydi Rashidov.

Shuningdek, 33 yoshli futbolchi O‘zbekiston terma jamoasining mag‘lubiyatida hakamning hech qanday aybi yo‘q ekanini ta’kidladi. 

“Hakamning nima aybi bor? Fayzullayev bilan bog‘liq vaziyatda hakam bizni foydamizga qaror qabul qilish uchun VAR'ga bordi va buning ta’sirida vaqt yo‘qotildi. Mag‘lubiyat uchun hakamdan aybni qidirshni to‘xtataylik, uydagi o‘yinlarda hakamlar bizga ancha yordam berdi, misol uchun Eron bilan o‘yinda penalti bekor qilingan edi”, deydi futbolchi.

Ma’lumot uchun, O‘zbekiston terma jamoasi saralashdagi navbatdagi o‘yinini 19 noyabr kuni KXDRga qarshi o‘tkazadi. Bahs Laos mamlakatida bo‘lib o‘tadi.


Maqola muallifi

Teglar

O'zbekiston Qatar Sardor Rashidov

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing