Haqorat va tuhmat qilganlar 134 mln so‘mgacha jarima to‘lashi belgilandi
Jamiyat
−
26 dekabr 2020
8529Avvalroq O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining o‘ninchi yalpi majlisida Jinoyat kodeksidan tuhmat va haqorat qilganlik uchun mavjud bo‘lgan ozodlikdan mahrum qilish jazosi chiqarib tashlanib, o‘rniga jarima yoki majburiy jamoat ishi jazosi qo‘shilishi ma’qullangandi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan imzolan O‘zbekiston Respublikasining ayrim kodekslariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritishni nazarda tutuvchi qonunga ko‘ra, endilikda:
- tuhmat jinoyatini sodir etganlik uchun (139-modda, 3-qism) BHMning 500 baravarigacha (111 mln 500 ming so‘m) miqdorida jarimadan 3 yilgacha ozodlikni cheklash (ilgari 3 yilgacha ozodlikni cheklash yoxud 3 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi belgilangan);
- haqorat qilish jinoyatini sodir etganlik uchun (140-modda, 3-qism) BHMning 600 baravarigacha (133 mln 800 ming so‘m) miqdorda jarimadan 1 yilgacha ozodlikni cheklash jazosi qo‘llanilishi belgilandi (ilgari 1 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi qo‘llanilgan).
Qonun rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq yolg‘on axborot tarqatganlik uchun qancha jarima belgilangani ma’lum bo‘lgandi.
LiveBarchasi