Haftar Ramazon bayrami munosabati bilan o‘z armiyasiga yangi ko‘rsatma berdi
Olam
−
20 may 2020
4934Liviya milliy armiyasi (LMA) Tripolidan ikki-uch kilometr uzoqlikdagi frontga yo‘l oladi.
LMA spikeri Ahmad al-Mismariyning bayonotiga ko‘ra, bunday harakatlar Ramazon bayrami (Iyd al-Fitr) boshlanishi bilan bog‘liq.
"Biz Tripolida ibodat va ziyorat qilish uchun hududni kengaytirish, shuningdek, liviyaliklar o‘rtasidagi aloqalarni kuchaytirish maksadida Tripoli frontlaridagi barcha kuchlarni 2-3 kilometr masofaga chekintirishga qaror qildik", dedi al-Mismariy.
LMA Milliy birdamlik hukumatining kuchlari ushbu misoldan o‘rnak olishiga umid qilmoqda.
Ma’lumot o‘rnida, Muammar Qazzofiy 2011 yilda o‘ldirilganidan keyin Liviya yagona davlat maqomini yo‘qotdi. Bugunga qadar mamlakatda qo‘shhokimiyatchilik mavjud. Sharqda parlament boshqaruvi, poytaxt Tripolida BMT va Yevropa Ittifoqi ko‘magida shakllantirilgan Fazi Sarroj boshchiligidagi Milliy birdamlik hukumati boshqaruvni amalga oshiradi.
Mamlakat sharqidagi hokimiyat vakillari Tripolidan mustaqil faoliyat olib boradi va Xalifa Haftar bilan hamkorlik qiladi. Eslatib o‘tish joizki, Xalifa Haftar 2019 yil aprel oyidan beri Tripolini egallashga harakat qilyapti.
LiveBarchasi