O‘zbekistonda haftaning ikkinchi yarmida havo harorati pasayadi
Bu qiziq
−
06 Sentabr 2021
89446-7 sentyabr kunlari O‘zbekiston aholisini havo harorati 34-39° atrofida bo‘lgan iliq va quruq ob-havo quvontiradi.
8 sentyabrda respublika shimoliga antitsiklon kirib kelishi boshlanadi, antitsiklon Volga bo‘yi hududlaridan salqin havoni olib keladi. 9-10 sentyabrda salqin havo massasi O‘zbekistonning barcha hududlarini qamrab oladi.
Respublika bo‘yicha asosan yog‘ingarchiliksiz ob-havo bo‘lishi kutilmoqda. 8 sentyabr, chorshanba kuni respublika hududining ko‘p qismida harorat 32-37° bo‘lgan iliq ob-havo saqlanib turadi, faqat shimoliy viloyatlarda harorat 25-30° gacha pasayadi.
9-10 sentyabrda O‘zbekistonning barcha hududlarida havo salqinlashadi. Juma kuniga kelib, havo harorati kechalari va erta togda 12-17° gacha, kunduz kunlari 23-28° gacha pasayadi, bu o‘rtacha ko‘p yillik qiymatlardan 2-4° ga pastdir.
8-10 sentyabrda havo massasining o‘zgarishi O‘zbekistonning ko‘pchilik viloyatlarida shamol tezligi 17-22 m/s gacha kuchayishi bilan kuzatiladi.
6-7 sentyabrda respublikaning shimoliy va cho‘l hududlari bo‘yicha shamol tezligi 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin.
LiveBarchasi