Haftaning birinchi yarmida havo harorati pasayadi – O‘zgidromet
Bu qiziq
−
18 aprel 2022
14839Uzoq muddatli quruq ob-havodan so‘ng, bugun, 18 aprel kuni O‘zbekistonning janubi-g‘arbiy hududlariga Turkmaniston ustida shakllangan yuqori siklon bilan bog‘lik nam havo massasi tarqala boshlaydi. Bu haqda Gidrometeorologiya xizmati markazi xabar berdi.
Buxoro, Navoiy, Qashqadaryo, Surxondaryo va Samarqand viloyatlarida ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Respublikaning qolgan hududlarida yog‘ingarchiliksiz ob-havo saqlanib turadi. Kunduzgi havo harorati 25-30 daraja atrofida, yomg‘ir paytida 20-25 daraja bo‘ladi.
19-20 aprel kunlari O‘zbekistonning barcha hududlariga siklon ta’siri tarqaladi. Respublika bo‘yicha yomg‘ir yog‘adi, ba’zi joylarda kuchli bo‘lishi mumkin. Havo harorati asta-sekin pasayadi va 20 aprelda 23-28 darajani tashkil etadi.
18 va 19 aprelda ba’zi joylarda shamol 17-22 m/s gacha kuchayadi, ayrim joylarda chang-to‘zon ko‘tariladi.
Ish haftasining ikkinchi yarmida O‘zbekiston bo‘yicha quruq ob-havo bo‘lishi kutilmoqda. Kechalari biroz salqin bo‘ladi, 22 aprelga kelib kunduz kuni harorat yana 25-28 darajagacha ko‘tariladi.
18-21 aprelda respublikaning tog‘oldi va tog‘li hududlarida sel-toshqin hodisalari kuzatilishi mumkin.