Hafta o‘rtalarida ob-havo keskin soviydi
Bu qiziq
−
15 noyabr 2021
9620Bugun, 15 noyabr kuni O‘zbekiston hududi bo‘yicha yog‘ingarchiliksiz ob-havo bo‘lishi kutilmoqda. Kunning o‘rtasiga kelib, havo 10-13 daraja iliqqacha isiydi. Bu haqda Gidrometeorologiya xizmati markazi xabar berdi.
16 noyabrda O‘zbekistonning shimoliy hududlariga, 17-18 noyabrda respublikaning barcha hududiga Volga bo‘yi orqali Rossiyaning Yevropa hududi (Moskva viloyati) ustida shakllangan nam va sovuq havo massasi kirib keladi.
16-17 noyabrda respublika bo‘yicha shamol tezligi 17-22 m/s gacha kuchayishi kutilmoqda, ba’zida 25-28 m/s gacha kuchayishi mumkin, ba’zi joylarda changli bo‘ron bo‘ladi.
16 noyabrda O‘zbekiston hududining katta qismida havo harorati 13-18 daraja iliq bo‘lgan quruq va iliq ob-havo saqlanib turadi. Faqat Qoraqalpog‘istonda, Xorazm viloyatida asosan qor ko‘rinishidagi yog‘ingarchilik bo‘ladi va harorat 2-5 daraja iliqqacha pasayadi.
17 noyabrda O‘zbekistonning barcha hududlarida yomg‘ir ko‘rinishidagi yog‘ingarchilik bo‘ladi, qorga aylanadi, tog‘ oldi va tog‘li hududlarda ba’zi joylarda kuchli bo‘ladi. Harorat kechasi va kunduzi 0-5 daraja iliqqacha, shimolda kechasi 5-8 daraja sovuqqacha, kunduz kuni 0-3 daraja sovuqqacha pasayadi.
18-19 noyabrda O‘zbekiston hududi bo‘yicha yog‘ingarchilik kutilmaydi, faqat respublikaning tog‘li hududlarida 18 noyabrda qor ko‘rinishidagi yog‘ingarchilik saqlanib turadi. Harorat kechalari 5-8 daraja sovuqqacha, shimolda 12-15 daraja sovuqgacha pasayadi, kunduz kunlari 0-5 daraja iliq, shimolda 0-3 daraja sovuq atrofida saqlanib turadi.