Hafta o‘rtalarida -5 darajagacha sovuq tushishi kutilyapti
Bu qiziq
−
27 noyabr 2023
4008Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm viloyatida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 29 noyabrda ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 29 noyabrda kechasi -2/-3 daraja sovuq, kunduzi 5/10 daraja iliq, 30 noyabrda kechasi 0/-5 daraja sovuq, kunduzi 5/10 daraja iliq, 1 dekabrda kechasi -2/-3 daraja sovuq, kunduzi 8/13 daraja iliq bo‘ladi.
Buxoro hamda Navoiy viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, 29 noyabrda ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘ishi mumkin, 30 noyabrda va 1 dekabrda yog‘ingarchilik kutilmaydi. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 29 noyabrda ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 3/8 daraja iliq, 30 noyabrda-1 dekabrda 0/-5 daraja sovuq, kunduzi 10/15 daraja iliq bo‘ladi.
Toshkent, Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, 29 noyabrda ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘ishi mumkin, 30 noyabrda va 1 dekabrda yog‘ingarchilik kutilmaydi. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 29 noyabrda ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 29 noyabrda kechasi 9/14 daraja iliq, kunduzi 12/17 daraja iliq, 30 noyabrda kechasi 5/10 daraja iliq, kunduzi 10/15 daraja iliq, 1 dekabrda 2/7 daraja iliq, kunduzi 10/15 daraja iliq bo‘ladi.
Qashqadaryo hamda Surxondaryo viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, 29 noyabrda ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘ishi mumkin. 30 noyabrda va 1 dekabrda yog‘ingarchilik kutilmaydi. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 29 noyabrda ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 29 noyabrda kechasi 9/14 daraja iliq, kunduzi 12/17 daraja iliq bo‘ladi. 30 noyabrda kechasi 3/8 daraja iliq, kunduzi 12/17 daraja iliq, 1 dekabrda 3/8 daraja iliq, kunduzi 13/18 daraja iliq bo‘ladi.
Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi, faqat 30 noyabrda ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 5/10 daraja iliq, kunduz 29 noyabrda 17/22 daraja iliq, 30 noyabrda va 1 dekabrda 10/15 daraja iliq bo‘ladi.
Respublikaning tog‘li hududlarida havo o‘zgarib turadi, 29-30 noyabrda ba’zi joylarda yog‘ingarchilik bo‘ladi. 1 dekabrda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 29 noyabrda ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 29 noyabrda kechasi 3/8 daraja iliq, kunduzi 6/11 daraja iliq, 30 noyabrda kechasi va kunduzi 0/5 daraja iliq, 1 dekabrda -3 daraja sovuq, kunduzi 2/7 daraja iliq bo‘ladi.