Hafta oxiridagi ob-havo ma’lumoti e’lon qilindi

Bu qiziq

image

O‘zgidromet ertaga, 12-14 yanvar kunlari O‘zbekiston hududida kuzatilishi mumkin bo‘lgan ob-havo ma’lumotini e’lon qildi. 

Unga ko‘ra, Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo biroz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘lishi mumkin. Ayrim joylarda tuman tushishi mumkin. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 13 yanvarda ayrim joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin. Harorat 12 yanvarda kechasi 3-8 daraja sovuq, kunduzi 0-5 daraja iliq, 13 yanvarda kechasi 0-5 daraja sovuq, kunduzi 5-10 daraja iliq, 14 yanvarda kechasi 0-5 daraja sovuq, kunduzi 0-5 daraja iliq bo‘ladi.

Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, 12 va 14 yanvarda yog‘ingarchilik kutilmaydi. 13 yanvarda ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Ba’zi joylarda tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 13 yanvarda ayrim joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin. Harorat 12 yanvarda kechasi 3 daraja sovuq 2 daraja iliq, kunduzi 10-15 daraja iliq; 13 yanvarda kechasi 0-5 daraja iliq, kunduzi 12-17 daraja iliq, 14 yanvarda kechasi 2-7 daraja iliq, kunduzi 13-18 daraja iliq bo‘ladi. Navoiy viloyatining shimolida 12 yanvarda kechasi 3-8 daraja sovuq, kunduzi 0-5 daraja iliq, 13 yanvarda kechasi 0-5 daraja sovuq, kunduzi 5-10 daraja iliq, 14 yanvarda kechasi 0-5 daraja sovuq, kunduzi 0-5 daraja iliq bo‘ladi.

Shuningdek, Toshkent, Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, 12 va 14 yanvarda yog‘ingarchilik kutilmaydi. 13 yanvarda ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Ba’zi joylarda tuman tushadi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 13 yanvarda ayrim joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi, chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin. Harorat 12 yanvarda kechasi 0-5 daraja iliq, kunduzi 9-14 daraja iliq, 13 yanvarda kechasi 2-7 daraja iliq, kunduzi 10-15 daraja iliq, 14 yanvarda kechasi 2-7 daraja iliq, kunduzi 13-18 daraja iliq bo‘ladi.

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, 12 va 14 yanvarda yog‘ingarchilik kutilmaydi. 13 yanvarda ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Ba’zi joylarda tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 13 yanvarda ayrim joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin. Harorat 12-13 yanvarda kechasi 2-7 daraja iliq, kunduzi 12-17 daraja iliq, 14 yanvarda kechasi 4-9 daraja iliq, kunduzi 15-20 daraja iliq bo‘ladi.

Andijon, Namangan, Farg‘ona viloyatlarida esa havo biroz bulutli bo‘ladi, 12 yanvarda kechasi va ertalab va 13 yanvarda ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘ishi mumkin, 14 yanvarda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarda tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 13 yanvarda ayrim joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin. Harorat 12 yanvarda kechasi 0-5 daraja iliq, kunduzi 5-10 daraja iliq, 13 yanvarda kechasi 3 daraja sovuq-2 daraja iliq, kunduzi 7-12 daraja iliq, 14 yanvarda kechasi 3 daraja sovuq-2 daraja iliq, kunduzi 5-10 daraja iliq bo‘ladi.

Bundan tashqari, respublikaning tog‘li hududlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, 12-13 yanvarda vaqti-vaqti bilan yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘ladi. 14 yanvarda yog‘ingarchilik kutilmaydi. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 13 yanvarda ayrim joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 12 yanvarda kechasi 0-5 daraja sovuq, kunduzi 2-7 daraja iliq, 13 yanvarda  kechasi va kunduzi 0-5 daraja iliq, 14 yanvarda kechasi 0-5 daraja iliq, kunduzi 2-7 daraja iliq bo‘ladi.


Maqola muallifi

Teglar

ob-havo yomg'ir qor O'zgidromet

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing