Hafta oxirida O‘zbekistonda jazirama kutilyapti
Bu qiziq
−
19 iyun 2020
13999Bugun, 20 iyun kuni Turkmaniston hududidan kirgan issiq havo natijasida so‘nggi kunlarda kuzatilgan salqinlik asta-sekin chekinadi. Bu haqda Gidrometeorologiya xizmati markazi xabar berdi.
Mamlakatning markaziy va sharqiy mintaqalarida havo 33-35 darajagacha isiydi. Bunday harorat bu kun uchun xos bo‘lgan me’yoriy ko‘rsatkichlarga yaqindir. Shimoliy, janubiy va cho‘l zonalarida issiq havo kuchliroq bo‘lib, harorat 38-40 darajaga yetadi, bu esa me’yordan 2-4 darajaga yuqoridir.
Haftaning oxiri va keyingi haftaning boshida issiq O‘zbekistonning butun hududini qamrab oladi. Ayniqsa yakshanba va dushanbada issiq bo‘ladi. Termometr ustunchasi shu kunlarda 39-42 darajagacha, janubiy viloyatlarda va Navoiy, Buxoro viloyatlarining cho‘l zonasida 43-44 darajagacha ko‘tariladi. Bu o‘rtacha ko‘p yillik qiymatlardan 5-8 darajaga yuqoridir.
Issiq havoning kirishi shamolning tezligi sekundiga 15-20 metrgacha kuchayishi bilan birga kuzatiladi.
Ma’lumot uchun, eng issiq iyunlarda Toshkentda oyning oxirgi o‘n kunligi boshida havo harorati 42-43 darajaga yetgan.