Hafta oxirida O‘zbekistonda havo soviydi

Bu qiziq

image

O‘zbekistonda yangi haftaning birinchi yarmida havo bahoriy iliq bo‘ladi, ammo haftaning oxiriga kelib, qishki ob-havo mamlakatga qaytadi. Bu haqda gidrometeorologiya xizmati markazi xabar berdi.

Haftaning birinchi yarmida respublika hududlarida ob-havoni past bosim maydoni belgilaydi.

Ertaga, 19 yanvarda respublika hududlarining ko‘p qismida yog‘ingarchiliksiz ob-havo saqlanib turadi, faqat Qoraqalpog‘istonda, Xorazm, Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo viloyatlarining ba’zi joylarida biroz yomg‘ir yog‘ishi mumkin.

20 yanvarda Qoraqalpog‘istonda, Xorazm viloyatida qor yomg‘irga aylanadi, Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo viloyatlarida kechasi va ertalab ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi. Respublikaning qolgan hududlarida yog‘ingarchilik kutilmaydi.

21 yanvarda respublika hududlarining ko‘p qismida yog‘ingarchilik kutilmaydi, Qoraqalpog‘istonda, Xorazm viloyatida qor yog‘adi, Buxoro, Navoiy viloyatlarida kechga tomon ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘ishi mumkin.

19-21 yanvarda harorat o‘zining ko‘p yillik qiymatlaridan 8-10 darajaga yuqori bo‘ladi va kechalari 0-5 daraja iliqni, kunduz kunlari 11-16 daraja iliqni tashkil etadi.

22 yanvarda ob-havo keskin o‘zgara boshlaydi, buning sababi sovuq antitsiklondir. U mamlakat hududlariga qor va manfiy qiymatli haroratlarni olib keladi. Nam havo massalari Volgabo‘yi hududlaridan kirib keladi. Respublika bo‘yicha qor yog‘adi, faqat mamlakatning shimoliy hududlarida yog‘ingarchilik kutilmaydi. Havo harorati kechasi va kunduzi 2 daraja sovuq 3 daraja iliqni tashkil etadi.

23 yanvarda antitsiklon mamlakatning barcha hududlarini qamrab oladi, yog‘ingarchilik bo‘lishi ehtimoli kam, lekin juda sovuq bo‘ladi. Havo harorati kechasi 5-10 daraja sovuqqacha pasayadi, kunduzi 2 daraja sovuq 3 daraja iliqni tashkil etadi. O‘rtacha kecha-kunduzlik havo harorati me’yordan 6-8 darajaga past bo‘ladi.


Maqola muallifi

Teglar

ob-havo

Baholaganlar

2191

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing