Dam olish kunlari qanday ob-havo kuzatiladi?
Bu qiziq
−
29 mart
15389O‘zgidromet 30 mart-1 aprel kuni O‘zbekistonda yuz berishi kutilayotgan ob-havo prognozini e’lon qildi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 30 martda kechasi 0-5 daraja iliq, kunduzi 8-13 daraja iliq; 31 martda kechasi 0-5 daraja iliq, kunduzi 12-17 daraja iliq; 1 aprelda kechasi 1-6 daraja iliq, kunduzi 14-19 daraja iliq bo‘ladi.
Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 30 martda kechasi 0-5 daraja iliq, kunduzi 10-15 daraja iliq; 31 martda kechasi 0-5 daraja iliq, kunduzi 12-17 daraja iliq; 1 aprelda kechasi 2-7 daraja iliq, kunduzi 15-20 daraja iliq bo‘ladi.
Toshkent va Sirdaryo viloyatlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 30 martda kechasi 3-8 daraja iliq, kunduzi 10-15 daraja iliq; 31 martda kechasi 0-5 daraja iliq, kunduzi 12-17 daraja iliq; 1 aprelda kechasi 0-5 daraja iliq, kunduzi 15-20 daraja iliq bo‘ladi.
Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 30 martda kechasi 5-10 daraja iliq, kunduzi 12-17 daraja iliq; 31 martda kechasi 1-6 daraja iliq, kunduzi 17-22 daraja iliq; 1 aprelda kechasi 3-8 daraja iliq, kunduzi 17-22 daraja iliq bo‘ladi.
Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, 30 martda ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. 31 mart-1 aprelda yog‘ingarchilik kutilmaydi. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 30 martda kechasi 5-10 daraja iliq, kunduzi 10-15 daraja iliq; 31 martda kechasi 0-5 daraja iliq, kunduzi 12-17 daraja iliq; 1 aprelda kechasi 0-5 daraja iliq, kunduzi 15-20 daraja iliq bo‘ladi.
Respublikaning tog‘li hududlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, 30 martda ba’zi joylarda yog‘ingarchilik bo‘ladi, 31 mart-1 aprelda yog‘ingarchilik kutilmaydi. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 0-5 daraja sovuq, kunduzi 30 martda 0-5 daraja iliq bo‘ladi, 31 mart-1 aprelda 7-12 daraja iliqqacha ko‘tariladi.
LiveBarchasi