Hafta oxirida qanday ob-havo bo‘lishi e’lon qilindi
Bu qiziq
−
21 mart
27542O‘zgidromet 23-25 mart kunlari respublika hududida kuzatiladigan ob-havo ma’lumotlarini e’lon qildi.
Unga ko‘ra, Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo bir oz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi, faqat 24 martda kechasi va ertalab ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi. Shamol sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat 23 martda kechasi 0-5 daraja, kunduzi 13-18 daraja, 24 martda kechasi 3-8 daraja, kunduzi 15-20 daraja, 25 martda kechasi 5-10 daraja, kunduzi 17-22 daraja bo‘ladi.
Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo bir oz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat 23 martda kechasi 5-10 daraja, kunduzi 17-22 daraja; 24-25 martda kechasi 9-14 daraja, kunduzi 23-28 daraja bo‘ladi.
Toshkent, Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida havo bir oz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi, faqat 24 martda kunning ikkinchi yarmida ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi. Shamol sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat 23 martda kechasi 5-10 daraja, kunduzi 17-22 daraja, 24 martda kechasi 5-10 daraja, kunduzi 14-19 daraja, 25 martda kechasi 8-13 daraja, kunduzi 20-25 daraja bo‘ladi.
Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo bir oz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi, faqat 24 martda kechasi va ertalab ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi. Shamol sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat 23 martda kechasi 8-13 daraja, kunduzi 20-25 daraja, 24-25 martda kechasi 10-15 daraja, kunduzi 23-28 daraja bo‘ladi.
Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida havo bir oz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi, faqat 24 martda kechga tomon ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Shamol sharqdan 5-10 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 5-10 daraja, kunduzi 23-24 martda 17-22 daraja, 25 martda 20-25 daraja bo‘ladi.
Respublikaning tog‘li hududlarida havo bir oz bulutli bo‘ladi, 23-24 martda yog‘ingarchilik kutilmaydi. 25 martda ba’zi joylarda yog‘ingarchilik bo‘ladi. Qor ko‘chish xavfi bor. Shamol sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 0-5 daraja, kunduzi 23 martda 5-10 daraja, 24 martda 3-8 daraja, 25 martda 7-12 daraja bo‘ladi.
LiveBarchasi