Hafta oxirida qanday ob-havo bo‘lishi aytildi

Bu qiziq

image

O‘zgidromet 12-14 oktyabr kunlari kuzatiladigan ob-havo ma’lumotini e’lon qildi

 Unga ko‘ra, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm viloyatida havo biroz bulutli bo‘ladi, 12 oktyabrda ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘ishi mumkin, 13-14 oktyabrda yog‘ingarchilik kutilmaydi. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 12 oktyabrda kechasi 5-10 daraja, kunduzi 16-21 daraja; 13 oktyabrda kechasi 3-8 daraja iliq, kunduzi 10-15 daraja; 14 oktyabrda kechasi 1-6 daraja iliq, kunduzi 10-15 daraja bo‘ladi. 

Buxoro, Navoiy viloyatlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, 12 oktyabrda yog‘ingarchilik kutilmaydi, faqat Navoiy viloyatida ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi mumkin. 13-14 oktyabrda ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 12-13 oktyabrda 10-15 daraja, 14 oktyabrda 5-10 daraja, kunduzi 12 oktyabrda 20-25 daraja; 13-14 oktyabrda 15-20 daraja bo‘ladi. 

Toshkent, Sirdaryo, Jizzax, Samarqand viloyatlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, 12 oktyabrda yog‘ingarchilik kutilmaydi. 13-14 oktyabrda ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 12-13 oktyabrda ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin. Harorat 12 oktyabrda kechasi 10-15 daraja, kunduzi 20-25 daraja; 13 oktyabrda kechasi 10-15 daraja, kunduzi 17-22 daraja; 14 oktyabrda kechasi 8-13 daraja, kunduzi 15-20 daraja bo‘ladi.

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi, faqat 14 oktyabrda Qashqadaryo viloyatida ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 12-13 oktyabrda ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin. Harorat 12 oktyabrda kechasi 13-18 daraja, kunduzi 25-30 daraja; 13 oktyabrda kechasi 13-18 daraja, kunduzi 22-27 daraja; 14 oktyabrda kechasi 11-16 daraja, kunduzi 20-25 daraja bo‘ladi.

Andijon, Namangan, Farg‘ona viloyatlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 5-10 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 10-15 daraja, kunduzi 12-13 oktyabrda 20-25 daraja, 14 oktyabrda 15-20 daraja bo‘ladi.

Respublikaning tog‘ oldi va tog‘li hududlarda havo biroz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi, baland tog‘li hududlarda qorga aylanishi mumkin. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 5-10 daraja, kunduzi 12-13 oktyabrda 10-15 daraja, 14 oktyabrda 8-13 daraja bo‘ladi.

 


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing