Hafta oxirida havo qanday bo‘lishi aytildi
Bu qiziq
−
27 may 2022
11430Gidrometeorologiya xizmati markazi joriy hafta oxirida O‘zbekistonda kuzatiladigan ob-havoni ma’lum qildi. Unga ko‘ra, bugun, 27 may kuni O‘zbekiston hududiga Volga bo‘yi hududlaridan nam va salqin havo massalari kirib kelishi boshlanadi. Respublika bo‘yicha qisqa muddatli yomg‘ir yog‘adi, ba’zi joylarda momaqaldiroq bo‘ladi. Kunduz kuni havo harorati 23-28° atrofida bo‘ladi.
Ertaga, 28 may kuni faqat Samarqand, Jizzax, Sirdaryo viloyatlarida kechasi va ertalab, Toshkent viloyatida va Farg‘ona vodiysi viloyatlarida esa kechasi va kun davomida yomg‘ir yog‘ishi saqlanib turadi. Respublikaning qolgan hududlarida yog‘ingarchilik kutilmaydi. Respublikaning barcha hududlari sovuq antisiklon ta’siri ostida bo‘ladi, buning hisobiga harorat foni iqlim me’yoridan 6-9° ga past bo‘ladi va 21-26° dan yuqori bo‘lmaydi.
Yakshanba, 29 may kuni hududning katta qismida quruq va kam bulutli ob-havo bo‘lishi kutilmoqda, faqat Toshkent viloyatida va Farg‘ona vodiysi viloyatlarida kechqurun momaqaldiroq bilan qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi biroz ehtimoli bor. Kechasi havo harorati 10-15° gacha pasayadi, kunduzi esa 23-28° gacha biroz ko‘tariladi.
27-29 mayda respublika bo‘yicha ba’zi shimolda 18-23 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zonlari kuzatilishi kutilmoqda.
Respublikaning tog‘oldi va tog‘li hududlarida 27-29 may kunlari vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi, 27-28 may kunlari ba’zi joylarda kuchli bo‘ladi, sel-suv toshqin hodisalari kuzatilishi mumkin. Gidrometeorologiya xizmati markazi aholini ushbu hududlarda ehtiyot bo‘lishga chaqirmoqda.
LiveBarchasi