Hafta davomida yomg‘irlar mavsumi yanada avj olishi aytildi

Bu qiziq

image
0:00
0:00
download

Joriy hafta davomida O‘zbekiston bo‘yicha ob-havoni yuqori siklon belgilaydi. Buning natijasida respublika bo‘yicha vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi kutilmoqda. Bu haqda Respublika Gidrometeorologiya xizmati markazi xabar berdi. 

Joriy yilning 3-4 aprel kunlari Navoiy, Samarqand, Jizzax, Qashqadaryo viloyatlarida ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘ishi kuchli bo‘ladi.

Kunduzgi havo harorati hafta davomida 20-23 darajadan 15-18 darajagacha o‘zgarib turadi.

Respublika bo‘yicha yomg‘ir yog‘ishi ba’zi joylarda shamol tezligi 15-20 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang to‘zonlar, shuningdek, do‘l yog‘ishi bilan kuzatiladi.

Respublikaning tog‘ oldi va tog‘li hududlarida vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi.

3-6 aprel kunlari ba’zi joylarda kuchli bo‘ladi. Baland tog‘li hududlarda 5-6 aprel kunlari yomg‘ir qorga aylanishi mumkin.

3-4 aprelda tog‘ oldi va tog‘li hududlarda sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin.

3-7 aprelda Toshkent viloyatining tog‘li hududlarida 2000 m dan yuqorida qor ko‘chishi xavfi bor.

Poytaxt Toshkentda 4 apreldan 6 aprelgacha vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘ladi, do‘l yog‘ishi mumkin. Shamol o‘zgaruvchan yo‘nalishda kuchsiz 5-10 m/s dan biroz 12-15 m/s gacha esadi.


Maqola muallifi

Teglar

ob-havo yomg'ir

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing