Hafta davomida O‘zbekistonda ob-havo harorati me’yoridan yuqoriroq bo‘ladi

Jamiyat

image

O‘tgan haftada O‘zbekiston aholisi mintaqaga Ural hududidan kirgan sovuq oqim ta’sirini his qildi. Mamlakat hududining katta qismida harorat iqlimiy me’yorlardan 4-7 darajaga past bo‘ldi.

Bugun, 12 oktyabr kuni sovuq havo respublika hududidan chekina boshladi. Harorat kunduzi 19-22 darajagacha ko‘tarilsada, bu hali hamon me’yordan 2-3 darajaga pastdir.

Ish haftasi davomida O‘zbekiston hududiga xorijiy janubdan quruq va issiq havo oqimi kirishni boshlaydi. 
Butun respublika bo‘yicha ob-havo kam bulutli va yog‘ingarchiliksiz bo‘ladi.

Harorat  ko‘tarilib borib, kechasi 7-10 daraja, kunduzi 22-25 daraja issiq bo‘ladi, bu iqlimiy me’yorlardan 2-4 darajaga yuqoridir.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

859

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing