Hafta davomida O‘zbekistonda beqaror ob-havo kuzatiladi
Bu qiziq
−
07 mart 2022
12520Joriy hafta davomida O‘zbekiston bo‘yicha beqaror ob-havo kutilmoqda. Bu haqida Gidrometeorologiya xizmat markazi xabar qildi.
Bugun, 7 mart kunduz kuni O‘zbekiston hududi bo‘yicha havo o‘zgarib turadi, Farg‘ona vodiysi viloyatlarida kuning birinchi yarmida, respublikaning qolgan hududlarida kunning ikkinchi yarmida ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi. Qoraqalpog‘istonda, Xorazm viloyatida kunning birinchi yarmida ba’zi joylarda biroz yomg‘ir va qor ko‘rinishidagi yog‘ingarchilik bo‘ladi. Havo harorati 13-18 daraja iliqni tashkil etadi.
Keyinchalik, ish haftasining oxirigacha, Erondan va Kaspiy dengizi hududlaridan bir qator nam havo massalari kirib kelishi hisobiga respublika hududlari bo‘yicha beqaror ob-havo saqlanib turadi.
Faqat 10 martda respublika hududlarining katta qismida yog‘ingarchilik kutilmaydi, ushbu haftaning qolgan kunlarida respublikaning barcha viloyatlari bo‘yicha turli jadallikdagi yomg‘irlar tanaffus bilan yog‘ishi kutilmoqda. Qoraqalpog‘istonda, Xorazm, Buxoro va Navoiy viloyatlarida yomg‘ir kamroq yog‘adi va yog‘ingarchilik orasidagi tanaffus uzoq bo‘ladi.
10-11 martda ba’zi joylarda shamol tezligi 17-22 m/s gacha kuchayishi mumkin.
Haftaning birinchi yarmida havo harorati 11-16 daraja iliq atrofida bo‘ladi, ikkinchi yarmida esa harorat 18-21 darajagacha ko‘tariladi.
Respublikaning tog‘li hududlarida yog‘ingarchilik yomg‘ir va qor ko‘rinishida yog‘adi va qor ko‘chkisi xavfini yaratadi.
12-13 mart dam olish kunlarida ham yomg‘irli ob-havoning beqarorligi saqlanib turadi.
LiveBarchasi