Hafta davomida sovuq havo kirib keladi

Bu qiziq

image
0:00
0:00
download

Bugun, 6 dekabr kuni O‘zbekiston hududi bo‘yicha quruq va o‘rtacha iliq ob-havo bo‘lishi kutilmoqda, havo harorati 9-14 daraja iliq bo‘ladi. Bu haqda Gidrometeorologiya xizmati markazi xabar berdi.

7-8 dekabr kunlari Qozog‘iston hududi bo‘yicha nisbatan sovuq havo kirib keladi, bu faqat O‘zbekistonning harorat foniga ta’sir qiladi. Ushbu kunlarda harorat kechalari 0-5 daraja iliq, kunduz kunlari 9-14 daraja iliq atrofida saqlanib turadi.

9-10 dekbar kunlari Erondan iliq havo kirib kelishi kutilmoqda. Havo harorati kechalari 0-5 daraja iliq, ba’zi joylarda 2 daraja sovuqqacha atrofida bo‘ladi, kunduz kunlari 15-17 daraja iliqqacha ko‘tariladi.

8 dekabrda shimoliy tumanlarda, 9-10 dekabrda O‘zbekistonning qolgan hududlarida shamol tezligi 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Tuman tushishi kutilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

ob-havo

Baholaganlar

755

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing