Hafta davomida ob-havo qanday bo‘lishi aytildi
Bu qiziq
−
05 Sentabr 2022
21812Haftaning birinchi yarmida O‘zbekiston hududi bo‘yicha quruq va biroz issiq ob-havo saqlanib turadi, kuz faslining boshi uchun me’yoriy qiymatlardan biroz iliqroq bo‘ladi. Havo harorati kechalari 15-20 daraja, kunduz kunlari 34-39 daraja atrofida bo‘ladi.
Haftaning ikkinchi yarmida mamlakatimiz hududiga salqin havo massasi kirib kelishi boshlanadi. Havo harorati kechalari 13-18 darajagacha, kunduz kunlari 30-35 darajagacha biroz pasayadi.
6 sentyabr kuni shimolda, 7-8 sentyabr kunlari respublikaning cho‘l hududlarida shamol 15-20 m/s gacha kuchayadi.
7-9 sentyabr kunlari faqat Qoraqalpog‘iston tumanlari bo‘yicha qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ish ehtimoli bor.
LiveBarchasi