Hafta davomida ob-havo qanday bo‘ladi?
Bu qiziq
−
09 Sentabr 2019
7129Gidrometeorologiya xizmati markazi 10-13 sentyabr kunlari uchun ob-havo ma’lumotlarini ma’lum qildi.
Qoraqalpog‘iston va Xorazm viloyati
Havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 10-11 sentyabrda +8...+13 daraja, 12-13 sentyabrda +10...+15 daraja, kunduzi 10 sentyabrda +20...+25 daraja, 11-13 sentyabrda +23...+28 daraja bo‘ladi.
Buxoro va Navoiy viloyatlari
Havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 10-11 sentyabrda +8...+13 daraja, 12-13 sentyabrda +10...+15 daraja, kunduzi 10 sentyabrda +22...+27 daraja, 11-13 sentyabrda +25...+30 daraja bo‘ladi.
Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo viloyatlari
Havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi +8...+13 daraja, kunduzi 10 sentyabrda +20...+25 daraja, 11 sentyabrda +23...+28 daraja, 12-13 sentyabrda +25...+30 daraja bo‘ladi.
Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlari
Havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 10 sentyabrda ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi +10...+15 daraja, kunduzi 10 sentyabrda +23...+28 daraja, 11-13 sentyabrda +26...+31 daraja bo‘ladi.
Andijon, Namangan, Farg‘ona viloyatlari
Havo o‘zgarib turadi, 10 sentyabrda ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi. 11-13 sentyabrda yog‘ingarchilik kutilmaydi. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 10 sentyabrda ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi +8...+13 daraja, kunduzi 10 sentyabrda +15...+20 daraja, 11 sentyabrda +20...+25 daraja, 12-13 sentyabrda +22...+27 daraja bo‘ladi.
Respublikaning tog‘li hududlari
Havo o‘zgarib turadi, 10 sentyabrda ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi, 11-13 sentyabrda yog‘ingarchilik kutilmaydi. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 10 sentyabrda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 10-12 sentyabrda +3...+8 daraja, 13 sentyabrda +6...+11 daraja bo‘ladi, kunduzi 10 sentyabrda +10...+15 daraja, 11-13 sentyabrda +15...+20 darajagacha ko‘tariladi.
LiveBarchasi