Hafta davomida qaysi hududlarda yomg‘ir yog‘ishi aytildi
Bu qiziq
−
11:01 1871 1 daqiqa
Ushbu ish haftasi davomida O‘zbekiston hududining katta qismida quruq va iliq ob-havo kuzatiladi. Bu haqda O‘zgidromet xabar berdi.
Unga ko‘ra, ayrim kunlarda Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm viloyatida va joriy yilning 10-11 sentyabr kunlari esa Buxoro, Navoiy viloyatlarining ba’zi joylarida biroz qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi mumkin.
Hafta davomida harorat foni kechalari 15-20 daraja, kunduz kunlari 32-37 daraja atrofida nisbatan tekis bo‘lishi kuzatiladi. Respublikaning shimoli-g‘arbida kunduzgi harorat 30-33 darajadan 25-28 darajagacha biroz pasayadi.
7-11 sentyabr kunlari respublika tog‘li hududlarining ba’zi joylarida qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi mumkin.
Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi, 8-10 sentyabrda shimolda va cho‘l hududlarda, 11 sentyabrda respublika bo‘yicha ba’zi joylarda shamol tezligi 13-18 m/s gacha kuchayadi, ayrim joylarda chang-to‘zonlar bilan kuzatiladi
Shuningdek, Toshkentda havo biroz bulutli, vaqti-vaqti bilan o‘zgaruvchan bo‘ldi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Harorat asosan kechalari 17-20 daraja bo‘ladi, kunduz kunlari 32-34 darajadan 35-37 darajagacha o‘zgarib turadi. Shamol sharqdan 3-8 m/s tezlikda esadi.