Hafta davomida qanday ob-havo kuzatiladi?
Bu qiziq
−
28 Oktabr 2019
5267Gidrometeorologiya xizmati markazi 29-31 oktyabr hamda 1 noyabr kunlari O‘zbekistonda kutilayotgan ob-havo haqida ma’lumot berdi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyati
Havo o‘zgarib turadi, 29 va 31 oktyabrda yog‘ingarchilik kutilmaydi, 30 oktyabr va 1 noyabrda ayrim joylarda biroz yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 29-30 oktyabrda ba’zi joylarda 15-20 m/sgacha kuchayishi mumkin. Harorat 29 oktyabrda kechasi 0...+5 daraja, kunduzi +20...+25 daraja, 30-31 oktyabr va 1 noyabrda kechasi +2...+7 daraja bo‘ladi, kunduzi +15...+20 darajagacha pasayadi.
Buxoro va Navoiy viloyatlari
Havo o‘zgarib turadi, 29 oktyabrda yog‘ingarchilik kutilmaydi, 30 oktyabrda ayrim joylarda yomg‘ir yog‘adi, 31 oktyabr va 1 noyabrda ayrim joylarda biroz yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 30-31 oktyabrda ba’zi joylarda 15-20 m/sgacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi +7...+12 daraja, kunduzi 29-30 oktyabrda +20...+25 daraja, 31 oktyabrda +18...+23 daraja, 1 noyabrda +15...+20 daraja bo‘ladi.
Toshkent, Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyatlari
Havo o‘zgarib turadi, 29 oktyabrda yog‘ingarchilik kutilmaydi, 30-31 oktyabr va 1 noyabrda ayrim joylarda yomg‘ir yog‘adi. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 30-31 oktyabrda ba’zi joylarda 15-20 m/sgacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 29 oktyabrda +5...+10 daraja, 30-31 oktyabr va 1 noyabrda +7...+12 daraja, kunduzi 29-31 oktyabr +20...+25 daraja, 1 noyabr +15...+20 daraja bo‘ladi.
Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlari
Havo o‘zgarib turadi, 29 oktyabrda yog‘ingarchilik kutilmaydi, 30-31 oktyabrda va 1 noyabrda ayrim joylarda yomg‘ir yog‘adi. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 30-31 oktyabrda ba’zi joylarda 15-20 m/sgacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi +9...+14 daraja, kunduzi 29-31 oktyabrda kunduzi +23...+28 daraja, 1 noyabrda +18...+23 daraja bo‘ladi.
Andijon, Namangan, Farg‘ona viloyatlari
Havo o‘zgarib turadi, oktyabrda yog‘ingarchilik kutilmaydi, faqat 30 oktyabrda ayrim joylarda biroz yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 31 oktyabrda ba’zi joylarda 15-20 m/sgacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi +5...+10 daraja, kunduzi 29-31 oktyabrda +20...+25 daraja, 1 noyabrda +18...+23 daraja bo‘ladi.
Respublikaning tog‘li hududlari
Havo o‘zgarib turadi, vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi, 30-31 oktyabrda ayrim joylarda kuchli bo‘lishi mumkin. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 30-31 oktyabrda ba’zi joylarda 15-20 m/sgacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi +2...+7 daraja, kunduzi 29-31 oktyabrda +12...+17 daraja, 1 noyabrda +7...+12 daraja bo‘ladi.
LiveBarchasi