Hafta davomida qanday ob-havo bo‘lishi ma’lum qilindi
Bu qiziq
−
11 mart
17363O‘zgidromet 11-15 mart kunlari uchun ob-havo prognozini e’lon qildi.
Unga ko‘ra, bugun, 11 mart kuni hududlarning katta qismida yog‘ingarchilik kutilmaydi. Faqat Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm viloyatida, kunning ikkinchi yarmida Buxoro, Navoiy viloyatlarida va kechga yaqin Qashqadaryo, Samarqand viloyatlarining ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi. Havo harorati 15-20 daraja iliq bo‘ladi.
Ertaga, 12 mart kuni respublikaning ko‘pchilik viloyatlarida yomg‘ir yog‘adi. Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm va Farg‘ona viloyatlarida yog‘ingarchilik kutilmaydi. Havo harorati 8-13 daraja iliqqacha pasayadi.
11-12 mart kunlari respublikaling ayrim joylarida momaqaldiroq bo‘lishi mumkin.
13 mart kuni yomg‘ir yog‘adi. Yog‘ingarchilik asosan faqat kechasi va ertalab kuzatiladi, kunduzi yog‘ingarchilik kutilmaydi. Faqat Toshkent viloyatida va Farg‘ona vodiysi viloyatlarida kunduz kuni ham yomg‘ir yog‘ishi mumkin.
14 martda respublikaning markaziy va sharqiy hududlarida biroz yomg‘ir yog‘adi, ayrim joylarda yomg‘ir qorga aylanishi ehtimoli bor. Respublika shimolida va janubida yog‘ingarchilik kutilmaydi.
13-14 mart kunlari respublika hududiga sovuq havo massalari kirib kelishi davom etadi va 14 martga kelib, havo harorati kechasi 0-5 daraja iliqqacha, kunduzi 3-8 daraja iliqqacha pasayadi.
15 martda respublikaning barcha hududlari bo‘yicha yog‘ingarchilik kutilmaydi. Havo harorati 3 daraja sovuq-2 daraja iliq, kunduzi 6-11 daraja iliq bo‘ladi.
Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 11-12 martda ba’zi joylarda 15-18 m/s gacha kuchayadi.
Javohir Yo‘ldashov
LiveBarchasi