Hafta davomida qanday ob-havo bo‘ladi?

Bu qiziq

image

Ushbu hafta davomida O‘zbekiston hududi bo‘yicha biroz iliq ob-havo bo‘lishi kutilmoqda. Bu haqda O‘zgidromet xabar berdi.

Unga ko‘ra, havo harorati sentyabr oyi o‘rtasiga xos bo‘lgan iqlimiy me’yorlarga yaqin bo‘lib, kechalari 13-18 daraja, kunduz kunlari 28-33 daraja, janubda 35-37 darajagacha bo‘ladi.

Respublika hududining katta qismida yog‘ingarchilik kutilmaydi, faqat Farg‘ona vodiysining ayrim joylarida joriy yilning 16 sentyabr kuni biroz qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin.

Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi, 16 sentyabrda respublika bo‘yicha ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin.

O‘zbekistonning tog‘li hududlarida joriy yilning 14-17 sentyabr kunlari ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi mumkin.

Shuningdek, Toshkentda 14-17 sentyabr kunlari havo asosan kam bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Harorat kechalari 15-18 daraja, kunduz kunlari 30-33 daraja bo‘ladi. Shamol sharqdan 3-8 m/s tezlikda esadi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing