Hafta davomida havo kam bulutli va quruq bo‘ladi

Bu qiziq

image

Joriy hafta davomida O‘zbekiston hududi bo‘yicha havo asosan kam bulutli va quruq bo‘lishi kutilmoqda. Havo harorati asta-sekin ko‘tariladi va hafta o‘rtasiga kelib kechalari 13-18 daraja iliq, kunduz kunlari 30-35 daraja issiqni tashkil etadi. Janubda va cho‘l hududlarda 36-38 daraja issiq bo‘ladi. Bu may oyining ushbu davri uchun o‘rtacha ko‘p yillik qiymatlardan 5-7 darajaga yuqoridir. Bu haqda Respublika Gidrometeorologiya markazi Matbuot xizmati xabar berdi.

12 mayda respublika hududiga Turkmaniston hududlaridan nisbatan nam havo kirib keladi. Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo, Qashqadaryo, Surxondaryo viloyatlarida ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Kunduzgi havo harorati 2-3 darajaga pasayadi va 27-32 darajani tashkil etadi.

8-9 may kunlari shimolda, 11-12 may kunlari esa respublika bo‘yicha ba’zi joylarda shamol tezligi 13-18 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin.

Tog‘ oldi va tog‘li hududlarda 8 va 11-12 mayda momaqaldiroq bilan mahalliy yomg‘irlar yog‘ishi mumkin.

Poytaxt Toshkentda 8-11 mayda havo asosan kam bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Havo harorati 8 mayda 25-27 darajagacha, 10-11 may kunlari 32-34 darajagacha asta-sekin ko‘tariladi.

12 mayda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Kunduzgi harorat nisbatan pasayadi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing