O‘zbekistonda hafta boshida ob-havo qanday bo‘ladi?
Bu qiziq
−
24 noyabr 2019
12323Gidrometeorologiya xizmati markazi ertaga, 25 noyabr kuni mamlakat bo‘ylab kuzatiladigan ob-havo haqida ma’lumot berdi.
Toshkent shahrida havo harorati kechasi -8...-6 daraja, kunduzi -4...-2 daraja bo‘ladi. Shamol tezligi 5-10 m/sga yetib, vaqti-vaqti bilan qor yog‘ishi kutiladi.
Farg‘ona vodiysida havo harorati kechasi -5...0 daraja, kunduzi 0...+5 daraja bo‘lishi kutilmoqda. Qor yog‘ib, 5-10 m/s tezlikda shamol esadi. Qor yog‘ishi kutiladi.
Toshkent, Sirdaryo, Jizzax va Samarqand viloyatlarida havo harorati kechasi -8...-3 daraja, kunduzi -5...0 daraja bo‘ladi. 5-10 m/s tezlikda shamol esib, qor yog‘ishi mumkin.
Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo harorati kechasi -10...-5 daraja, kunduzi -3...-2 daraja bo‘lib, yog‘ingarchilik kutilmaydi. 5-10 m/s tezlikda shamol esib, tuman tushadi.
Surxondaryo va Qashqardaryo viloyatlarida havo harorati kechasi -8...-3 daraja, kunduzi -2...+3 daraja bo‘ladi. Shamol tezligi 5-10 m/sni tashkil etadi. Mamlakatning janubiy viloyatlarida qor va yomg‘ir yog‘ishi kutilyapti.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo harorati kechasi -15...-10 daraja, kunduzi -7...-2 daraja bo‘ladi. Shamol 5-10 m/s tezlikda esib, tuman tushadi.
Respublikaning tog‘li rayonlarida qor yog‘ishi kutiladi. Chimyonda havo harorati kechasi -10...-5 daraja, kunduzi -7...-2 tashkil qiladi. Qamchiqda esa kechasi -10...-5 daraja, kunduzi -8...-3 daraja bo‘ladi. Shamol tezligi 5-10 m/sga yetadi.
LiveBarchasi