Hafta boshida ayrim hududlarda yomg‘ir, qor yog‘adi

Bu qiziq

image

O‘zgidromet 19-21 yanvar kunlari kuzatiladigan ob-havo ma’lumotini e’lon qildi.

Unga ko‘ra, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm viloyatida havo biroz bulutli bo‘ladi, 19-20 yanvarda ba’zi joylarda yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘ladi. 21 yanvarda ba’zi joylarda biroz qor yog‘adi. Ayrim joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi, 21 yanvarda ayrim joylarda 20-23 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat  kechasi 3 daraja sovuq-2 daraja iliq, 19-20 yanvar kunduzi 3-8 daraja iliq, 21 yanvarda kunduzi 0-5 daraja iliq bo‘ladi.

Buxoro, Navoiy viloyatlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, 19 yanvar yog‘ingarchilik kutilmaydi. 20-21 yanvarda ba’zi joylarda yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘lishi mumkin. Ayrim joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi, 21 yanvarda ayrim joylarda 20-23 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 2 daraja sovuq-3 daraja iliq, 19 va 21 yanvarda kunduzi 3-8 daraja iliq, 20 yanvarda 5-10 daraja iliq bo‘ladi.

Toshkent, Samarqand, Sirdaryo, Jizzax viloyatlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, vaqti-vaqti bilan yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘ladi. Ayrim joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 20-21 yanvarda ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi, 21 yanvarda ayrim joylarda 20-23 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 0-5 daraja iliq, 20 yanvarda 2 daraja sovuqqacha, 19 va 21 yanvarda kunduzi 3-8 dara iliq, 20 yanvarda 7-12 daraja iliq bo‘ladi.

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, 19 va 21  yanvar ba’zi joylarda yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘ladi. 20 yanvarda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ayrim joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 21 yanvarda ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda 20-23 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 0-5 daraja iliq, 19 va 21 yanvarda kunduzi 5-10 daraja iliq, 20 yanvarda 8-13 daraja iliq bo‘ladi.

Andijon, Namangan, Farg‘ona viloyatlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, 19 yanvar ba’zi joylarda yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘ladi. 20 yanvarda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ayrim joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 21 yanvar ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 0-5 daraja sovuq, 19 yanvarda kunduzi 2-7 daraja iliq, 20-21 yanvarda 3-8 daraja iliq bo‘ladi.

Respublikaning oldi va tog‘li hududlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘ladi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Toshkent va Namangan viloyatlarining tog‘li hududlarida qor ko‘chish xavfi bor. Shamol g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi, 21 yanvarda ayrim joylarda 20-23 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 3 daraja sovuq-2 daraja iliq, 19 va 21 yanvarda kunduzi 0-5 daraja iliq, 20 yanvar kunduzi 2-7 daraja iliq bo‘ladi.


Maqola muallifi

Teglar

yomg'ir qor harorat Hafta boshi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing