Hafta boshida harorat pasayib, ayrim joylarda yomg‘ir yog‘adi
Bu qiziq
−
20 Sentabr 2025 34347 3 daqiqa
O‘zgidromet joriy yilning 22-25 sentyabr kunlari kuzatiladigan ob-havo ma’lumotini e’lon qildi.
Unga ko‘ra, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm viloyatida havo biroz bulutli, ba’zi joylarda o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 24 sentyabrda ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi, chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi 8-13 daraja, kunduzi 22-24 sentyabrda 20-25 daraja, 25 sentyabrda 23-28 daraja bo‘ladi.
Buxoro va Navoiy viloyalarida havo biroz bulutli, ba’zi joylarda o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 22-24 sentyabrda ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi, chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi 22 sentyabrda 12-17 daraja bo‘ladi, 23-25 sentyabrda 10-15 daraja, kunduzi 22 sentyabrda 23-28 daraja, 23-25 sentyabrda 20-25 daraja bo‘ladi.
Toshkent, Samarqand, Sirdaryo, Jizzax viloyatlarida havo biroz bulutli, ba’zi joylarda o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi, faqat 22 va 24 sentyabrda Toshkent viloyatida ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi mumkin. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 22 sentyabrda ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi, chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi 22 sentyabrda 12-17 daraja, 23-25 sentyabrda 10-15 daraja, kunduzi 22-23 sentyabrda 22-27 daraja, 24-25 sentyabrda 24-29 daraja bo‘ladi.
Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo biroz bulutli, ba’zi joylarda o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 22 sentyabrda ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi, chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi 22 sentyabrda 14-19 daraja, 23-25 sentyabrda 12-17 daraja, kunduzi 25-30 daraja bo‘ladi.
Andijon, Namangan, Farg‘ona viloyatlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, 22 sentyabrda ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. 23-25 sentyabrda yog‘ingarchilik kutilmaydi. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 5-10 m/s tezlikda esadi, 22 senttabrda ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi, chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi 22-24 sentyabrda 12-17 daraja, 25 sentyabrda 10-15 daraja, kunduzi 22 sentabrda 25-30 daraja bo‘ladi, 23-24 sentyabrda 22-27 daraja, 25 sentyabrda 24-29 daraja bo‘ladi.
Respublikaning tog‘li hududlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, 22 sentyabrda ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi. 23-25 sentyabrda yog‘ingarchilik kutilmaydi. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 10-15 daraja, asta-sekin 5-10 daraja gacha pasayadi, kunduzi 22-23 sentyabrda 15-20 daraja, 24-25 sentyabrda 18-23 daraja bo‘ladi.