Habib tez kunlarda UFC Prezidenti bilan uchrashadi

Sport

image

UFC Prezidenti Dana Uayt rossiyalik MMA jangchisi Habib Nurmuhamedov bilan uchrashadi.

Uaytning o‘zi Nurmuhamedov bilan Abu-Dabida uchrashishini va muzokaralar olib borishini tasdiqlagan. 

"Bu tez orada bo‘ladi. Vaqti kelganda sizga xabar beraman. Men Nurmuhamedov 30:0 hisobidagi rekord uchun qaytishiga ishonaman", degan Dana Uayt. 

Eslatib o‘tamiz, 24 oktyabr kuni Abu-Dabidagi (BAA) “Janglar oroli”da o‘tkazilgan UFC 254 musobaqasida rossiyalik Habib Nurmuhamedov amerikalik Jastin Getji bilan kuch sinashdi va 2 raunddayoq g‘olib bo‘ldi. G‘alabasidan so‘ng Habib o‘z faoliyatini tugatgani haqida e’lon qildi

Habib Nurmuhamedov UFC’dagi faoliyati davomida 29 ta jang o‘tkazib, biror marta ham mag‘lubiyatga uchramagan.


Maqola muallifi

Teglar

HABIB DANA UAYT

Baholaganlar

202

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

Mavzuga doir yangiliklar