Habib biroz dam olgandan so‘ng Putin bilan uchrashadi

Sport

image

Rossiya Prezidenti Vladimir Putin UFC chempioni, rossiyalik jangchi Habib Nurmuhamedov bilan uchrashmoqchi. Bu haqda Putinning matbuot kotibi Dmitriy Peskov ma’lum qilgan.

"Habib biroz dam olib, epidemiologik vaziyat biroz tinchlangandan keyin ular, albatta, uchrashadi", degan Peskov. 

Avvalroq, Putin Habib Nurmuhamedovni Kremlga taklif qilgani haqida gaplar tarqalgandi.

Eslatib o‘tamiz, Vladimir Putin Habib Nurmuhamedovga qo‘ng‘iroq qilib, uni amerikalik sportchi Jastin Getji ustidan qozongan g‘alabasi bilan tabriklagandi

Ma’lumot uchun, 24 oktyabr kuni Abu-Dabidagi (BAA) “Janglar oroli”da o‘tkazilgan UFC 254 musobaqasida rossiyalik Habib Nurmuhamedov amerikalik Jastin Getji bilan kuch sinashdi va 2 raunddayoq g‘olib bo‘ldi. 

G‘alabasidan so‘ng Habib o‘z faoliyatini tugatgani haqida e’lon qildi

Habib Nurmuhamedov UFC’dagi faoliyati davomida 29 ta jang o‘tkazib, biror marta ham mag‘lubiyatga uchramagan. Shu sabab uni “Yengilmas burgut” yoki “Kavkaz burguti” deb atashadi.


Maqola muallifi

Teglar

UFC

Baholaganlar

575

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing