Hokim o‘rinbosari Samarqand viloyati XTB boshlig‘i bo‘ldi

Jamiyat

image

Samarqand viloyati hokimligida Erkinjon Turdimov rahbarligida xalq ta’limi sohasida amalga oshirilayotgan ishlarning natijadorligiga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tmoqda.

Xalq ta’limi vazirining birinchi o‘rinbosari Usmon Sharifxo‘jayev ham ishtirok etayotgan yig‘ilishda viloyat xalq ta’limi boshqarmasiga rahbar tayinlandi.

Zebiniso Nurmamadovna Shodiyeva — Samarqand viloyati xalq ta’limi boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.

Zebiniso Shodiyeva ayni paytga qadar Samarqand tumani hokimining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari lavozimida faoliyat olib borgan.


Maqola muallifi

Teglar

Samarqand tayinlov

Baholaganlar

242

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made