“Ham aytadi, ham qaytadi”: Konor Porega qarshi jangni bekor qildi

Sport

image
0:00
0:00
download

Irlandiyalik MMA jangchisi Konor Makgregor amerikalik Dastin Pore bilan jang qilmasligini aytdi. Bu haqda Konor o‘zininig Twitter sahifasida xabar qoldirgan.

Ma’lum bo‘lishicha, uning jangni bekor qilishiga 500 ming AQSH dollari miqdoridagi summa sabab bo‘lgan. Bu pullarni irlandiyalik jangchi amerikalikning jamg‘arma fondiga o‘tkazib berishni va’da qilgan, biroq u o‘zi so‘zida turmagan.  

Keyinchalik, Pore Makgregorni so‘zida turmaslikda aybladi va ikki o‘rtada tortishuv vujudga keldi. Voqealar rivoji esa Konorning jangni bekor qilishi bilan tugadi.

“Sen shunchaki tug‘ma ahmoqsan. Rejasiz 500 ming dollar. Pul bilan qanday muomala qilishni bilmaysan. Ha, aytgancha, bizning jangimiz bekor qilindi. Men boshqa birov bilan jang qilaman. Senga eski shartnomang bilan omad tilayman, bolakay”, deb yozadi Makgregor Twitter sahifasida.

Bunga Pore “OK”, deb javob qoldirgan va irlandiyalikni revansh jangda nokaut qilgani aks etgan gifni qo‘shib qo‘ygan.

Eslatib o‘tamiz, Konor Makgregor va Dastin Pore o‘rtasidagi uchinchi jang 10 iyul kuniga rejalashtirilgan edi.

Ma’lumot o‘rnida, Konor va Pore avval ham ikki marotaba to‘qnash kelgan. Birinchi jang 2014 yilning sentyabr oyida bo‘lib o‘tgan va unda irlandiyalik Konor amerikalik Dastinni birinchi raunddayoq nokautga uchratgan edi.

Ikkinchi jang esa joriy yilning yanvar oyida bo‘lib o‘tdi va unda aksincha, Makgregor Dastinga nokaut bilan yutqazdi. Bu nokaut Konorning faoliyatidagi birinchisi bo‘ldi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

267

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing